Qachon kerak bo‘ladi

  • Tunnel vaqti-vaqti bilan tushadi yoki qayta ko'tariladi.
  • Bir filialdagi resurs boshqasida ba'zan ochiladi, ba'zan yo'q.
  • Bir xil subnet yoki chalkash marshrut sabab muammo yashirin yuradi.
  • Tizim ishlayapti deb o'ylanadi, lekin hech kim uni servislar darajasida muntazam tekshirmaydi.

Nimani tekshirish kerak

VPN tirik bo'lsa ham servis ishlamasligi mumkin. Shu sabab tunnelning o'zini emas, amaliy natijasini tekshirish muhim.

  • Har ikki tomondagi subnet takrorlanmayotganini ko'ring.
  • Ping bilan birga 1C, fayl yoki boshqa kritik resurs ochilishini ham sinang.
  • Uzilish qaysi vaqtda va qaysi filialda ko'proq bo'lishini belgilang.
  • Router loglarida tunnel qayta ko'tarilishlari bor-yo'qligini tekshiring.

Qanday hal qilinadi

Filiallararo VPN foydali bo'lishi uchun tunnel emas, biznes servislar ishlashi kerak. Shu sabab yechimni amaliy oqim bo'yicha quramiz.

  • Subnet va marshrutlarni tozalab, ustma-ustlikni yo'qotamiz.
  • Kritik resurslar bo'yicha real test ssenariy qo'yamiz.
  • Tunnel uzilishi va kechikishni ko'rsatadigan monitoring sozlaymiz.
  • Filiallar ko'payganda ham boshqarilishi oson bo'ladigan sxema qoldiramiz.

Nimalarni hisobga olish kerak

  • Har filialning subnet'i oldindan noyob bo'lsin, bir xil IP oralig'i VPN'dagi eng ko'p yashirin muammo chiqaradi.
  • Tunnelni faqat internet ping bilan emas, ikki tomondagi marshrut va kritik servisga kirish bilan kuzating.

Yordam kerakmi?

Nima ishlamayotganini yoki nima kerakligini yozing.

Bizga yozing