Qachon kerak bo‘ladi

  • Muammo chiqqanda birinchi chora ko'pincha restart bo'ladi, diagnostika esa yo'qoladi.
  • RAID, disk yoki quvvat bo'yicha ogohlantirishlar oldin chiqqan bo'lishi mumkin, lekin hech kim ko'rmagan bo'ladi.
  • Backup bor deb o'ylanadi, ammo aynan shu server bo'yicha ishonch tekshirilmagan.
  • Biznes bosimi sabab tez qaror qilinadi, lekin hujjat va dalil yig'ilmaydi.

Nimani tekshirish kerak

Server nosozligida birinchi daqiqalar juda muhim. To'g'ri tekshiruv keyingi qarorni ancha xavfsiz qiladi.

  • Restart qilishdan oldin xatolik va ogohlantirishlarni yozib oling.
  • RAID, disk, quvvat va temperaturaga oid signal bo'lganmi, tekshiring.
  • Oxirgi sog'lom backup qachon olinganini aniq biling.
  • Qaysi servislar eng kritik ekanini va qaysi biri kutishi mumkinligini ajrating.

Qanday hal qilinadi

Server nosozligida maqsad faqat ishga tushirish emas, xavfsiz tiklash bo'lishi kerak. Ishchi yechim odatda shunday ko'rinadi.

  • Avariya sababini log va apparat holati bilan aniqlaymiz.
  • Kritik servislarni ustuvorlik bo'yicha qayta ko'taramiz.
  • Backup va storage ishonchini parallel tekshiramiz.
  • Keyin shu nosozlik yana qaytmasligi uchun zaif joyni alohida yopamiz.

Nimalarni hisobga olish kerak

  • Majburiy restartdan oldin RAID, iLO/iDRAC va SMART holatining screenshot'ini oling, keyin asl sababni topish osonlashadi.
  • Disk yoki blok almashtirishdan oldin oxirgi working backup borligini tekshiring, servis payti ikkinchi nosozlik ham chiqishi mumkin.

Yordam kerakmi?

Nima ishlamayotganini yoki nima kerakligini yozing.

Bizga yozing