Asosiy muammo
Server sekinlashganda ko'p joyda birinchi reaksiya RAM yoki CPU qo'shish bo'ladi. Aslida esa muammo ko'pincha disk, baza, antivirus, backup oynasi yoki noto'g'ri rol taqsimotida yashirin yotadi.
- Foydalanuvchi tizim sekin deydi, lekin bu faqat ma'lum vaqtda yoki ma'lum vazifada seziladi.
- Server ishlayotgandek, lekin ilova javobi va ish vaqti keskin cho'ziladi.
- Monitoring bo'lmasa, tor joy qayerda ekanini faqat taxmin qilish boshlanadi.
- Muammo vaqtincha ketadi, keyin yana qaytib keladi va ishonchni yeb bitiradi.