Qachon kerak bo‘ladi

  • Jonli tasvir yo'q, lekin hech kim bu nuqta qachondan beri yozmayotganini bilmaydi.
  • Ba'zi kamera chiqib-chiqib ishlaydi va muammo vaqtincha yo'qolib ketadi.
  • Arxiv bor deb o'ylanadi, ammo kerak paytda yozuv topilmaydi.
  • Restart qilib vaqtincha ishga tushirish odatga aylangan bo'ladi.

Nimani tekshirish kerak

Kamera ishlamay qolsa, darrov qurilmani almashtirishga shoshilmang. Avval muammo qayerda ekanini toraytirib oling.

  • Portda PoE va link holati bor-yo'qligini ko'ring.
  • Shu kamera NVR'da qachondan beri yozmayotganini tekshiring.
  • Kabel yoki portni boshqa ishlaydigan nuqta bilan almashtirib sinab ko'ring.
  • Masofa, quvvat yoki disk muammosi aralashmaganini tekshirib chiqing.

Qanday hal qilinadi

Kamera ishlamay qolsa, foydali yechim qurilmani ko'r-ko'rona almashtirish emas, uzilgan zanjirni topishdir. Amalda biz mana shunday yuramiz.

  • PoE, kabel, port va NVR kanalini ketma-ket inkor qilamiz.
  • Arxiv, yozuv va masofadan ko'rish qismini alohida tekshiramiz.
  • Qaytib chiqadigan nuqtalarda quvvat va kabel zaxirasini kuchaytiramiz.
  • Muammo yana qaytmasligi uchun tizim bo'yicha zaif joyni yopamiz.

Nimalarni hisobga olish kerak

  • Kamerani restart qilishdan oldin PoE port chirog'i, switch logi va oxirgi yozilgan arxiv vaqtini tekshiring, asl sabab ko'pincha shu yerda chiqadi.
  • Bitta kamera yo'qolsa avval uni boshqa portga ko'chirib ko'ring, butun NVR'ni ayblashdan oldin kabel yoki portni inkor qiling.

Yordam kerakmi?

Nima ishlamayotganini yoki nima kerakligini yozing.

Bizga yozing