Qachon kerak bo‘ladi
- Odam oqimi zich joyda tanish kechikib, kirish sekinlashadi.
- Quyosh, chang yoki yon yorug'lik sabab aniqlik pasayadi.
- Barcha kirish nuqtasiga bir xil usul qo'llanadi, holbuki ba'zi joyga karta yaxshiroq mos keladi.
- Bazaga odamlar bir marta shoshilib kiritilgani uchun keyin tanish sifati past bo'ladi.
Qanday hal qilinadi
Face ID yaxshi ishlashi uchun qurilma tanlashdan ko'ra, uni to'g'ri joyga va to'g'ri ssenariyga qo'yish muhim. Amalda biz quyidagini qilamiz.
- Kirish nuqtasi, yorug'lik va odam oqimiga qarab mos usulni tanlaymiz.
- Face ID, karta yoki aralash sxemani vazifaga qarab ajratamiz.
- Foydalanuvchi bazasini to'g'ri va bir necha rakursda yig'amiz.
- Log va ruxsatlarni keyin tekshirish oson bo'ladigan formatda qoldiramiz.
Nimalarni hisobga olish kerak
- Face ID'ni yorug'lik barqaror joyga qo'ying, ombor yoki chang ko'p kirishda karta yoki aralash sxema ko'pincha foydaliroq bo'ladi.
- Xodimni bazaga bir rakursda emas, 2-3 turli burchakda kiritish tanish aniqligini sezilarli oshiradi.
Yordam kerakmi?
Nima ishlamayotganini yoki nima kerakligini yozing.