Asosiy muammo
Davomat tizimida muammo ko'pincha qurilmada emas, qoidada bo'ladi. Xodim kirdi yoki chiqdidan ko'ra, qaysi log haqiqiy hisoblanadi, kechikish qanday baholanadi va nizo chiqqanda qaysi ma'lumotga tayaniladi - shu joylar chalkash bo'lsa tizim ishonch bermaydi.
- Bir xil holat turli odamga turlicha hisoblanib, ichki norozilik chiqadi.
- Loglar bor, lekin ular bilan ishlash va tekshirish tartibi yo'q.
- Elektr yoki qulf tomondagi muammo butun davomatni noto'g'ri ko'rsatishi mumkin.
- HR va texnik bo'lim bir xil tizimga turli talab bilan qaraydi, lekin qoidalar bir joyda yozilmagan bo'ladi.