Asosiy muammo
Ko'p kompaniyada backup bor deb hisoblanadi, lekin avariya kuni aynan qaysi ma'lumot qaytishi, qancha vaqtda tiklanishi va oxirgi nusxa qayerda ekanini hech kim aniq bilmaydi. Muammo backup yo'qligida emas, nazorat qilinmaydigan backupda.
- Backup lokal serverning o'zida turadi va aynan o'sha nosozlik bilan birga yo'qolishi mumkin.
- Job ishlagan bo'ladi, lekin restore sinovi qilinmagani uchun tiklash amalda noma'lum qoladi.
- 1C, hujjatlar, kamera arxivi va oddiy fayllar bir xil ustuvorlikda saqlanadi.
- Rahbar uchun hamma narsa joyida ko'rinadi, lekin RPO va RTO bo'yicha real javob yo'q.